O‘zbekiston biznesi MSP.RF platformasi orqali Rossiya bozoridagi imkoniyatlarini kengaytirmoqda
2025-05-16 00:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan kichik va o‘rta korxonalarni Rossiya bozoriga chiqishini qo‘llab-quvvatlash va kengaytirish maqsadida MSP.RF raqamli platformasi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Bu eksport, hamkorlar topish va O‘zbekiston hamda Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlarni ochib beradigan strategik qadam hisoblanadi. Dastlabki bosqichda 20 dan ortiq o‘zbekistonlik kompaniyalarning eʼlonlari joylashtirildi. Yaqin kelajakda bu raqam 100 taga yetkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu o‘zbekiston mahsulotlarining Rossiya bozoridagi ishtirokini sezilarli darajada oshiradi.
MSP.RF nima?
MSP.RF – bu tadbirkorlar, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar va biznesni boshlamoqchi bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan davlat platformasi bo‘lib, unda kerakli xizmatlar, servislar va rivojlanish vositalari jamlangan. Platforma 2022 yilda Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiy rivojlanish vazirligi va MSP korporatsiyasi hamkorligida, tadbirkorlarning bevosita ishtirokida ishlab chiqilgan. Unda biznesni rivojlantirish vositalaridan onlayn foydalanish, yangi hamkorlar va bozorlar topish, biznes taʼlim olish va bepul bilimlar bazasiga kirish mumkin.
MSP.RF platformasi “yagona oyna” tamoyili asosida ishlaydi – barcha zarur maʼlumot va xizmatlar bir joyda jamlangan: tovar joylashtirishdan tortib, davlat tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘llab-quvvatlash choralarigacha. Platforma tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
-
davlat qo‘llab-quvvatlash choralari haqida maʼlumot;
-
biznesning asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha diagnostika;
-
malaka va qobiliyatlarni baholash uchun o‘quv dasturlari va testlar;
-
bir necha bankka bir vaqtda imtiyozli moliyalashtirish uchun ariza topshirish imkoniyati.
Online Bozor bilan integratsiya
O‘zbek tadbirkorlari uchun qulaylik yaratish maqsadida MSP.RF platformasini O‘zbekistonning savdo maydoni – Online Bozor bilan integratsiya qilish ishlari olib borilmoqda. Ayni paytda ushbu maydonda 10 ta o‘zbek eksportchisining eʼloni joylashtirilgan. Ikki servisning birinchi integratsiya bosqichi bo‘yicha texnik ishlar va sinovlar yakunlangan.
MSP.RF platformasiga qo‘shiling!
O‘zbek tadbirkorlari MSP.RF platformasiga ro‘yxatdan o‘ta boshladilar. Agar siz biznesingizni yangi bosqichga olib chiqish va Rossiya bozorida faoliyat yuritishni istasangiz – aynan hozir qo‘shilish uchun eng qulay fursat. Platforma sizning ishingizni boshlash va rivojlantirish uchun barcha zarur vositalarni taqdim etadi.
Batafsil: https://msp.rf
