Laziz Kudratov Xalqaro maslahat kengashi a’zolari bilan investitsiyalar va iqtisodiy islohotlar masalalarini muhokama qildi
2025-05-13 23:50:00 / Yangiliklar

Shu yilning 13-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Xalqaro maslahat kengashi a’zolari – Alfred Guzenbauer, Aleksandr Kvasnevskiy va Shtefan Fyule bilan uchrashdi.
Uchrashuvning asosiy maqsadi xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, sanoat salohiyatini mustahkamlash va Oʻzbekiston va jahon hamkorlari oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishning strategik yoʻnalishlarini muhokama qilishdan iborat edi.
Ishtirokchilar milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan islohotlarga ilg‘or xalqaro tajribani integratsiyalashuviga alohida e’tibor qaratdilar.




