Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Malayziyaning Pharmaniaga Berhad kompaniyasi bilan farmatsevtika sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi
2025-04-16 22:45:00 / Yangiliklar

16-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida Malayziyaning "Pharmaniaga Berhad" kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Pharmaniaga Berhad - 1994 yilda tashkil etilgan. Kompaniya davlat va xususiy sektorda keng ko'lamli tibbiy xizmatlarni taqdim etadi. Pharmaniaga faoliyati farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish va savdosini ham o'z ichiga oladi.
Uchrashuvda halol insulin ishlab chiqarish, farmatsevtika mahsulotlarining chakana savdosi, O‘zbekistondagi hamkorlar bilan tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
