Joriy yilning 14-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida vazir o‘rinbosari Xurram Teshabayev va Qozog‘istonning “Galamat Group” kompaniyasi bosh direktori Seitjan Sypabekov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Galama
2025-04-15 19:25:00 / Yangiliklar

Galamat Group Qozog‘istonda tibbiyot texnologiyalari va qurilish sohalarida faoliyat yurituvchi yetakchi xususiy kompaniya hisoblanadi. Kompaniya Markaziy Osiyo bozorida gemodializ va tibbiy infratuzilma uchun zamonaviy yechimlarni ishlab chiqish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirib keladi.
Uchrashuvda tomonlar O‘zbekistonda gemodializ xizmatlarini mahalliylashtirish va sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish yo‘nalishlarida hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.
Ko‘rib chiqilgan yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish maqsadida hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyorlik bildirildi.



