O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazish bo‘yicha HISOBOT
2024-10-16 18:00:00 / Yangiliklar

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 283-son qarorini tartibga solish taʼsirini baholashdan (TSTB) oʻtkazilmoqda. Mazkur normativ-huquqiy hujjatga takliflar boʻlsa mf73@miit.uz va sh.gafurov@miit.uz pochta manzillariga joʻnatishingiz soʻraladi.
O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazish bo‘yicha HISOBOT
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 283-son qarorining tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazish bo‘yicha
HISOBOT
|
1-bob. Umumiy ma’lumotlar |
|||||||||||||||
|
1. |
Qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatning (bundan buyon matnda normativ-huquqiy hujjat deb yuritiladi) tartibga solish ta’sirini baholashni (bundan buyon matnda TSTB deb yuritiladi) amalga oshiruvchi davlat organ yoki tashkiloti nomi |
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat |
|||||||||||||
|
2. |
Normativ-huquqiy hujjatning turi, nomi va rekvizitlari |
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 283-son qarori |
|||||||||||||
|
3. |
Normativ-huquqiy hujjatning loyihasi ishlab chiqilganda tayyorlangan TSTB bo‘yicha hisobot va TSTB to‘g‘risida xulosalar mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot |
Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori ishlab chiqilganda TSTB bo‘yicha hisobot tayyorlanmagan va TSTB to‘g‘risida xulosalar mavjud emas. |
|||||||||||||
|
4. |
Normativ-huquqiy hujjatni TSTBdan o‘tkazish uchun asos |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil |
|||||||||||||
|
5. |
Tartibga solish ta’sir ko‘rsatayotgan obyektlar va/yoki subyektlar (manfaatdor tomonlar) |
Tartibga solish vositalari: O‘zbekiston Respublikasining valyutani nazorat qiluvchi organlari va banklarida tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring olib borish va nazorat qilish. Tartibga solish ta’sir ko‘rsatayotgan obyekt: Tashqi savdo kontraktlari — eksport kontrakti, import kontrakti, barter kontrakti, markazlashtirilgan eksport kontrakti, markazlashtirilgan import kontrakti, import birja (yarmarka) kontrakti, eksport birja (yarmarka) kontrakti, eksport konsignatsiya kontrakti, respublika hududida eksport kontrakti, qayta ishlash (respublika hududida) bo‘yicha kontrakt, qayta ishlash (respublikadan tashqarida) bo‘yicha kontrakt, lizing asosidagi eksport shartnomalari, lizing asosidagi import shartnomalari, olib kirish kontrakti, olib chiqish kontrakti, sotib olish kontrakti, sotish kontraktlari, reklama bitimi. Tartibga solish ta’sir ko‘rsatayotgan subyektlar: Xo‘jalik yurituvchi subyektlar — O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bilan tashqi savdo bitimlari (kontrakt, invoys) tuzgan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari. |
|||||||||||||
|
2-bob. Tartibga solish maqsadlariga erishilganligi va natijadorligi to‘g‘risida ma’lumotlar |
|||||||||||||||
|
6. |
Normativ-huquqiy hujjatning amal qilishi natijasida erishilgan maqsadlar va ko‘rsatkichlar: |
||||||||||||||
|
Loyiha ishlab chiqilgan davrda qo‘yilgan maqsadlar |
Prognoz qilingan indikativ ko‘rsatkichlar |
Qo‘yilgan maqsadlarga erishilganligi to‘g‘risida ma’lumot |
Erishilgan indikativ ko‘rsatkichlar |
O‘lchov birligi |
Hisoblash usullari |
||||||||||
|
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida (TSOYAEAT) tashqi savdo kontraktlarini kiritish |
prognoz qilinmagan |
mavjud emas |
|
Ko‘rsatkichlar prognoz qilinmaganligi sababli hisob-kitoblar amalga oshirilmaydi. |
|||||||||||
|
Valuta nazorati organlari tomonidan tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi orqali tashqi savdo kontraktlari ustidan monitoring olib borish |
prognoz qilinmagan |
1
|
mavjud emas |
|
|||||||||||
|
|
|||||||||||||||
|
7. |
Normativ-huquqiy hujjatdagi tartibga solish usulini qo‘llashda vujudga kelgan ijobiy va salbiy oqibatlar tahlili: |
||||||||||||||
|
Ijobiy |
Salbiy |
||||||||||||||
|
1. Shaffoflik: Savdo operatsiyalari davlat tomonidan kuzatib boriladi, bu firibgarlik va noqonuniy holatlarning oldini olishga yordam beradi. 2. Qulaylik: Elektron tizim orqali hujjatlar tartibga solinadi, bu qog‘ozbozlikni kamaytiradi. 3. Nazorat: Savdo shartnomalari va to‘lovlar vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish osonlashadi. Xususan, tashqi savdo kontraktlari bo‘yicha debitor va kreditor qarzdorliklar monitoringini olib borish va ularning hajmlari ortib ketishining oldi olinadi. 4. Axborot tizimi: Savdo jarayonlarini tahlil qilish uchun ma’lumotlar bazasi shakllanadi. 5. Ishonchlilik: Mahsulotlar va xizmatlar bo‘yicha aniq ma'lumotlar mavjud bo‘lib, bu eksport va import bilan bog‘liq rejalashtirishni osonlashtiradi. |
1. Qo‘shimcha ish: Import va eksport qiluvchilar uchun qo‘shimcha hujjatlar va hisobotlar talab etiladi, bu vaqt va resurs talab qiladi. 2. Texnik muammolar: Elektron tizimdagi nosozliklar yoki texnik uzilishlar operatsiyalarni to‘xtatib qo'yishi mumkin. 3. Byurokratik qiyinchiliklar: Ba’zan tizimda xatoliklar yoki noaniqliklar yuz berishi mumkin, bu esa savdo jarayonida kechikishlarga olib keladi. 4. Xarajatlar: Tizimdan foydalanish va yangi talablarga moslashish qo‘shimcha xarajatlarni talab qilishi mumkin. 5. Moslashish: Yangi tizimga moslashish uchun vaqt va resurslar kerak bo‘lib, bu ba’zi tadbirkorlar uchun qiyin kechishi mumkin. |
||||||||||||||
|
3-bob. Normativ-huquqiy hujjatning samaradorligi (foyda va xarajat tahlili) to‘g‘risida ma’lumotlar |
|||||||||||||||
|
8. |
Normativ-huquqiy hujjatning amal qilishi munosabati bilan keltirilgan foyda va (yoki) yuzaga kelgan xarajatlarning tavsifi: |
||||||||||||||
|
Xarajat va foyda turi |
Miqdoriy ko‘rsatkichlar |
||||||||||||||
|
Bir martalik |
Davriy |
||||||||||||||
|
Bevosita xarajatlar |
|||||||||||||||
|
Xarajat turi |
|
|
|
||||||||||||
|
Bilvosita xarajatlar |
|||||||||||||||
|
Xarajat turi |
Mavjud emas |
Mavjud emas |
Mavjud emas |
||||||||||||
|
Ma’muriy sarf-xarajatlar |
|||||||||||||||
|
Xarajat turi |
|
|
|
||||||||||||
|
Bevosita foyda |
|||||||||||||||
|
Foyda turi |
|
|
|
||||||||||||
|
Bilvosita foyda |
|||||||||||||||
|
Foyda turi |
Mavjud emas |
Mavjud emas |
Mavjud emas |
||||||||||||
|
Jami foyda va xarajatlar |
|||||||||||||||
|
Foyda |
|
|
|||||||||||||
|
Xarajatlar |
|
|
|||||||||||||
|
Sof joriy qiymat |
|
|
|||||||||||||
|
*Ma’lumotlar manbalari: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi. |
|||||||||||||||
|
9. |
Normativ-huquqiy hujjatning amal qilishi natijasida tartibga solinadigan tadbirkorlik subyektlarining toifasi bo‘yicha soni (ulushi) o‘zgarishining ko‘rsatkichlari |
||||||||||||||
|
Yillar kesimida |
Mikrofirmalar |
Kichik korxonalar |
Yirik korxonalar |
||||||||||||
|
Mavjud emas |
|
|
|
||||||||||||
|
|
|||||||||||||||
|
4-bob. Normativ-huquqiy hujjatning raqobat muhitiga ta’siri |
|||||||||||||||
|
10. |
Normativ-huquqiy hujjatning raqobat muhitiga ta’sir ko‘rsatgan oqibatlar (salbiy/ijobiy) tavsifi: |
||||||||||||||
|
Tovar ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning (yetkazib beruvchilar) doirasi va sonini cheklashi (cheklamasligi) |
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning (yetkazib beruvchilar) doirasi va sonini cheklamaydi |
||||||||||||||
|
Yetkazib beruvchilarning o‘zaro raqobatlashish imkoniyatini chegaralashi (chegaralamasligi) |
Yetkazib beruvchilarning o‘zaro raqobatlashish imkoniyatini chegaralamaydi |
||||||||||||||
|
Yetkazib beruvchilarning bozor munosabatlarida o‘zaro raqobatlashishga qiziqishini pasaytirishi (pasaytirmasligi) |
Yetkazib beruvchilarning bozor munosabatlarida o‘zaro raqobatlashishga qiziqishini pasaytirmaydi |
||||||||||||||
|
Iste’molchilar uchun kerakli axborotni tanlash imkonining chegaralanishi (chegaralanmasligi) |
Iste’molchilar uchun kerakli axborotni tanlash imkoni chegaralanmaydi |
||||||||||||||
|
|
|||||||||||||||
|
11. |
TSTB bo‘yicha hisobotni jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish natijalari to‘g‘risida ma’lumot: |
||||||||||||||
|
TSTB bo‘yicha hisobotni muhokama qilishning identifikatsiya raqami |
Vazirlikning rasmiy saytidagi havola – rasmiy telegram kanalida e’lon havolasi – Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimida hujjat raqami – |
||||||||||||||
|
TSTB bo‘yicha hisobot muhokamaga qo‘yilgan davr |
Boshlanishi |
Tugashi |
|||||||||||||
|
Kelib tushgan takliflarni ko‘rib chiqish natijasi |
|||||||||||||||
|
Jami takliflar soni |
Qabul qilingan |
Rad etilgan |
|||||||||||||
|
|
|
|
|||||||||||||
|
6-bob. Normativ-huquqiy hujjatni baholashga imkon beradigan boshqa ma’lumotlar |
|||||||||||||||
|
12. |
Ma’lumotlar |
||||||||||||||
|
Markaziy bank takliflari: 1. Mazkur nizomda tashqi savdo shartnoma (kontrakt) turlarining soni 22 tani tashkil etib, bu holat tashqi savdo ishtirokchilariga shartnoma turini to‘g‘ri tanlashda muammolarni keltirib chiqarmoqda. Bundan tashqari, tashqi savdo ishtirokchilari tomonidan bojxona va soliq imtiyozlaridan foydalanish maqsadida bir turdagi shartnoma bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish va keyinchalik ushbu to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni boshqa turdagi shartnomalarga o‘tkazish holatlari ortib bormoqda. Bu esa, tijorat banklariga xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha mablag‘lar harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bir turdagi shartnomadan boshqasiga o‘tkazish yuzasidan murojaatlar kelib tushishiga sabab bo‘lmoqda. Bundan tashqari, shartnoma turining o‘zgartirilishi bo‘yicha tadbirkorlar va tijorat banklari o‘rtasidagi kelib chiqayotgan kelishmovchiliklar sudda ko‘rib chiqish darajasigacha ko‘tarilmoqda. 2. Nizomning 29-bandida tashqi savdo ishtirokchilariga eksport shartnomasi bo‘yicha oldindan o‘tkazilgan mablag‘lar doirasida tovarlarni bojxona rejimiga rasmiylashtirish, ishlarni bajarish yoki xizmatlarni ko‘rsatish, shuningdek import qilingan tovarlar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha tijorat banklari orqali pul mablag‘larini o‘tkazish muddati 365 kundan oshib ketmaslik kerakligi belgilangan. Biroq, mazkur nizomda to‘lovlarni amalga oshirish muddati 365 kundan oshib ketgan holatlarda xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda tijorat banklari tomonidan amalga oshirish lozim bo‘lgan harakatlar belgilab berilmagan. Iqtisodiyot va moliya vazirligi takliflari (Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi): 1. Mazkur qaror ilovasi bilan “Tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlangan. So‘nggi yillarda valyuta qonunchiligi sohasida ko‘plab liberal islohotlar amalga oshirib kelinmoqda (2 tizimli valyuta kursidan voz kechildi, konvertatsiya erkinlashtirildi, xalqaro moliyaviy kreditlar ortib boryapti va h.k.) Shunga qaramay, tashqi savdoda valyuta operatsiyalarini amalga oshirishga oid yangidan yangi turli xil qonunbuzilish holatlari yuzaga kelmoqda. Shu sababli, bugungi kunda ushbu Nizom tashqi savdo va valyuta operatsiyalari ustidan yetarli darajada nazorat olib borish imkonini bermaydi. Birinchidan, nizomda tashqi savdo va valyuta operatsiyalari ustidan nazoratni olib borishda valyuta nazorati idoralarining aniq funksional vazifalari, huquqlari va javobgarligi belgilab berilmagan; Ikkinchidan, nizomda tashqi savdo va valyuta operatsiyalari ustidan nazoratni olib borishdagi aniq tizimlashgan mexanizm va instrumentlar mavjud emas; Uchinchidan, nizomning asosiy qismida shartnomani Tashqi savdo operatsiyalarini yagona elektron axborot tizimiga (TSOYAEAT) kiritish bilan cheklanib qolingan, valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi bo‘yicha nazorat tartiboti mavjud emas (Adliya vazirligida 2. Nizomdagi tartibotlar asosan umumiy tusga ega bo‘lib, so‘nggi vaqtlarda kuzatilayotgan geosiyosiy holatlarda tadbirkorlik subyektlarini tezkor qo‘llab-quvvatlash imkoniyatini bermaydi. Umuman olganda jahonda yuz berayotgan qarama-qarshiliklar, xususan, yaqin sharqdagi vaziyat, Isroil-Eron va Rossiya-Ukraina o‘rtasidagi ziddiyatlar transport yo‘laklariga, tovar tashuvlari, tashqi savdoda zaxiralarni boshqarish siyosatiga salbiy ta’sirini o‘tkazmoqda. Masalan, tovarlarni vaqtida yetib kelmasligi yoki valyutani kelib tushmasligi natijasida asossiz debitor qarzdorliklar hosil bo‘lmoqda. Oziq-ovqat sohasini olsak, masalan kakaoning 2025 yilgi hosili uchun 2024-yilda valyuta chiqarilmoqda. Bu esa, 180 kundan ortiq muddatni talab etadi. Natijada, subyektga asossiz jarima qo‘llash holati yuzaga keladi. Shu sababli, Hukumat komissiyasi vakolatlarini kengaytirish orqali tashqi savdoda valyuta operatsiyalari bo‘yicha tezkor qarorlar qabul qilish (masalan, ma’lum bir turdagi xomashyolar uchun muddatni uzaytirish), asossiz qarzdorliklarni tezkor hisobdan chiqarish platformasini joriy etish (Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 216-son qaroriga kiritish lozim); 3. Nizomning 15-bandida: to‘lov import qiluvchining o‘z valyuta mablag‘lari hisobiga amalga oshirilgan bir xo‘jalik yurituvchi subyektning ikki va undan ortiq import kontraktlari doirasida o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirishga; xo‘jalik yurituvchining ikki va undan ortiq eksport kontraktlari doirasida o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirishga yo‘l qo‘yilishi belgilangan. Ushbu bandda juda ko‘plab muammolar yuzaga keladi. Sababi, ushbu band tijorat banklari tomonidan turlicha talqin qilinadi va bir xil asosda ishlatilmaydi. Misol uchun, qaysidir bank “olib kirish” va “import” shartnomasi doirasida “o‘zaro hisob-kitob”ni amalga oshiradi, qaysidir bank amalga oshirmaydi. Bu esa, aksariyat holatlarda asossiz debitor va kreditor qarzdorliklar yuzaga kelishiga, asossiz moliyaviy jarimaga sabab bo‘ladi. Shu bois, ushbu bandda “xo‘jalik yurituvchining ikki va undan ortiq bir yo‘nalishdagi (tovarlarni olib kirish yoki tovarlarni olib chiqish) kontraktlari doirasida o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirishga yo‘l qo‘yilishini belgilash” maqsadga muvofiq bo‘ladi. 4.Tartibga solishdan ko‘zlangan maqsadga erishishda valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi bo‘yicha nazorat tartibotini ishlab chiqish zarur. Sababi, valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda turli xil ko‘rinishdagi qonunbuzilish holatlari ortib bormoqda. Buning uchun, Adliya vazirligida 2013-yil 12-iyunda 2467-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan Nizomni bekor qilish va uni takomillashtirilgan tahrirda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 283-son qaroriga ilova sifatida kiritish lozim. 5. Ma’lumki, tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring va nazorat Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 283-son qarori asosida amalga oshiriladi. Qarorga muvofiq, bugungi kunda 22 turdagi tashqi savdo shartnomalari mavjud. Ularning ichida mazmunan o‘xshash shartnoma turlari juda ko‘p. Ushbu holat xo‘jalik subyektlarini chalg‘itadi, tushunmovchilikni keltirib chiqaradi, ayrim hollarda ortiqcha xarajatlarni yuzaga keltiradi. Shu bois, shartnoma turlarini maqbullashtirishga katta ehtiyoj mavjud. Mazmunan o‘xshash shartnomalarni maqbullashtirish bo‘yicha Eksport yo‘nalishida Bugungi kunda tovarlar eksportini nazarda tutuvchi eksport shartnomasi, markazlashtirilgan eksport shartnomasi, eksport birja shartnomasi, eksport konsignatsiya shartnomasi, ichki eksport shartnomasi, qayta ishlash bo‘yicha eksport shartnomasi va lizing eksport shartnomasi mavjud. Ularning ayrimlaridan foydalanish salmog‘i juda past. Masalan, 2021-2024-yillarda tovarlar eksporti bo‘yicha 167 mingdan ortiq eksport shartnomasi tuzilgan bo‘lsa, ushbu davrda 15 ta markazlashtirilgan eksport shartnomasi (oxirgi marotaba 2021-yilda tuzilgan), 35 ta konsignatsiya shartnomasi (2023-yilda – 3 ta, 2024-yilda – 1 ta) va 2 ta lizing shartnomasi tuzilgan. Ushbu shartnomalarni TSOYAEATda shakllantirish, ular ustidan monitoring va nazorat olib borish deyarli bir xil bo‘lganligi sababli, ularni bojxona yuk deklaratsiyasining bitim xususiyati bandida aks ettirish orqali birlashtirish maqsadga muvofiq. Bundan tashqari, eksport shartnomasi tuzmasdan eksportni amalga oshirish holatlari mavjud (invoys asosida, dasturiy ta’minot eksporti va savdo maydonchalari orqali eksport). Ushbu holatda ham 2021-2024-yillarda dasturiy ta’minot (4 ta) va savdo maydonchalari orqali eksport (7 ta) ulushi deyarli yo‘q. Mazkur jarayonlarni soddalashtirish maqsadida, dasturiy ta’minot eksporti va savdo maydonchalari orqali eksport jarayonlarini invoys asosida eksport tarkibiga kiritish maqsadga muvofiq. Import yo‘nalishida Bugungi kunda tovarlar importini nazarda tutuvchi import shartnomasi, markazlashtirilgan import shartnomasi, import birja shartnomasi, qayta ishlash bo‘yicha import shartnomasi, lizing import shartnomasi va reklama bitimi mavjud. Ularning ayrimlaridan foydalanish salmog‘i juda past. Masalan, 2021-2024-yillarda tovarlar importi bo‘yicha 459 mingdan ortiq import shartnomasi tuzilgan bo‘lsa, ushbu davrda 2 ta markazlashtirilgan import shartnomasi (aslida markazlashtirilgan emas) va 18 ta lizing shartnomasi tuzilgan. Ushbu shartnomalarni TSOYAEATda shakllantirish, ular ustidan monitoring va nazorat olib borish deyarli bir xil bo‘lganligi sababli, ularni bojxona yuk deklaratsiyasining bitim xususiyati bandida aks ettirish orqali birlashtirish maqsadga muvofiq. Bundan tashqari, import shartnomasi tuzmasdan importni amalga oshirish holatlari mavjud (invoys asosida va reklama). Ushbu holatda reklama bitimlari ulushi kamligi sababli, jarayonlarni soddalashtirish maqsadida ularni invoys asosida import tarkibiga kiritish taklif etiladi. Olib kirish va olib chiqish shartnomalarini bekor qilish yo‘nalishida Ushbu turdagi operatsiyalarda tovarlar xorijdan sotib olinib, mamlakatimizga olib kiriladi va “bojxona hududida qayta ishlash”, “bojxona ombori”, “erkin ombor” yoki “erkin bojxona zonasi” bojxona rejimlaridan biriga joylashtiriladi. So‘ngra, ushbu tovarlar yoki qayta ishlangan tovarlar “eksport” yoki “reeksport” bojxona rejimiga rasmiylashtirgan holda boshqa bir xorijiy shaxsga sotiladi. Bugungi kunda, tadbirkorlik subyektlarida “olib kirish” va “import” shartnomasini yoki “olib chiqish” va “eksport” shartnomasini o‘zaro chalkashtirish holatlari mavjudligi, ushbu turdagi aksariyat operatsiyalar bo‘yicha tijorat banklari tomonidan valyuta operatsiyalarini rad etish holatlari uchrayotganligi sababli, ushbu turdagi shartnomalar ijrosida asossiz debitor va kreditor qarzdorliklar shakllanib qolmoqda. |
|||||||||||||||
|
|
|||||||||||||||
|
7-bob. Xulosa |
|||||||||||||||
|
13. |
TSTBdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatdagi tartibga solish usullarining amal qilish maqsadga muvofiqligi yoki ularni bekor qilish zarurligi to‘g‘risida xulosa. |
||||||||||||||
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 283-son qarori va ushbu qaror bilan tasdiqlangan “Tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizomni Markaziy bank hamda Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining takliflari asosida tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchlar kiritish orqali takomillashtirilishi maqsadga muvofiq. |
|||||||||||||||
|
14.Normativ-huquqiy hujjatning loyihasi ishlab chiqilganda tayyorlangan TSTB bo‘yicha hisobot va TSTB to‘g‘risida xulosalar (mavjud bo‘lsa) ushbu hisobotga ilova qilinadi. |
|||||||||||||||
|
– Ilova mavjud emas. |
|||||||||||||||
|
15. Mazkur hisobotning to‘g‘riligi va keltirilgan ma’lumotlarning ishonchliligini tasdiqlayman. |
|||||||||||||||
