Toshkentda “Tracks to the Future” xalqaro biznes-forumi bo‘lib o‘tdi
2026-10-27 18:25:00 / Yangiliklar

27-oktabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Global Neighbours tashkiloti hamkorligida Tracks to the Future xalqaro biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Kasimov, Global Neighbours tashkiloti asoschisi va raisi Yovanka Porshe, shuningdek, ishbilarmon va ekspert doiralari vakillari ishtirok etdi.
Forum Yevropa, Markaziy Osiyo va Xitoy o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni mustahkamlash, transport bog‘liqligini rivojlantirish hamda qo‘shma tashabbuslarni ilgari surishga qaratildi.
🟠O‘zbekistonning investitsiyaviy salohiyati, amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, sanoat kooperatsiyasi, transport infratuzilmasi, raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalarni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🟠Dastur doirasida mavzuli davra suhbati hamda B2B va G2B formatidagi uchrashuvlar tashkil etilib, bevosita ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va amaliy hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishga xizmat qildi.









