O‘zbekiston va ReElement Technologies qo‘shma pilot loyihani amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi
2026-10-19 19:05:00 / Yangiliklar

19-oktabr kuni Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov ReElement Technologies kompaniyasi direktori Mark Laverghetta bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tomonlar kritik jihatdan muhim minerallarni chuqur qayta ishlash, shuningdek, O‘zbekistonda ilg‘or texnologiyalarni joriy etish sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.
Zamonaviy texnologik yechimlardan foydalangan holda qo‘shma investitsiya tashabbuslarini amalga oshirish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
🟠Uchrashuv yakunlari bo‘yicha qo‘shma pilot loyihani ishlab chiqish va ishga tushirish yuzasidan kelishuvga erishildi.


