O‘zbekiston va GE Aerospace aviatsiya mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni rivojlantiradi
2026-10-19 17:10:00 / Yangiliklar

19-oktabr kuni Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov GE Aerospace kompaniyasining global tijorat savdolari bo‘yicha vitse-prezidenti Mahendra R. Nair bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tomonlar aviatsiya sohasida malakali kadrlarga bo‘lgan talab ortib borayotganini inobatga olgan holda, aviatsiya mutaxassislarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha aviatsiya sohasi mutaxassislarini tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qaratilgan ta’lim dasturlarini birgalikda ishlab chiqish yuzasidan kelishuvga erishildi.






