ISSV rahbari Ozarbayjon xalqaro investitsiya forumida ishtirok etdi
2026-09-26 10:00:00 / Yangiliklar

25-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Boku shahrida bo‘lib o‘tayotgan II Ozarbayjon xalqaro investitsiya forumida ishtirok etdi.
Forum Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev homiyligida o‘tkazilmoqda. Unda hukumatlar, xalqaro moliya institutlari, investitsiya va ishbilarmon doiralar vakillaridan iborat 3 mingdan ortiq ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tgan. Dastur doirasida qo‘shma loyihalar va mintaqalar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash imkoniyatlari muhokama qilinmoqda.
“Global o‘sish kelajagi: investitsiyalar va transport o‘zaro bog‘liqligi” mavzusidagi panel muhokamasida so‘zga chiqqan ISSV rahbari sanoat kooperatsiyasi, o‘zaro investitsiyalar, transport aloqalarini rivojlantirish, “yashil” energetika, kapital bozori, raqamli iqtisodiyot va inson kapitalini ustuvor yo‘nalishlar sifatida qayd etdi.
Transkaspiy xalqaro transport yo‘nalishi — O‘rta koridorni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Xalqaro logistika tizimidagi o‘zgarishlar O‘zbekiston mahsulotlarini Yevropaga yetkazib berish muddatlarini uzaytirdi, bu esa muqobil yo‘nalishlarning ahamiyatini oshirmoqda. So‘nggi ikki-uch yil ichida Ozarbayjon orqali yuk tashish hajmi ikki barobar oshgani, joriy yilda esa o‘sish qariyb 30 foizni tashkil etayotgani ta’kidlandi. O‘zbekiston va Ozarbayjon Kaspiy dengizi orqali yuk tashish hajmini kengaytirish va yangi transport aloqalarini rivojlantirish ustida ishlamoqda.
Sanoat sherikligi va o‘zaro investitsiyalar ham alohida muhokama qilindi. O‘zbekiston Ozarbayjonning to‘qimachilik va avtomobilsozlik sanoatidagi loyihalarda ishtirok etmoqda. Ozarbayjon investitsiyalari esa O‘zbekistonda tog‘-kon sanoati, energetika, oziq-ovqat ishlab chiqarish va boshqa yo‘nalishlarga yo‘naltirilmoqda.
Markaziy Osiyoning quyosh va shamol energetikasidagi salohiyati Ozarbayjon bilan qo‘shma loyihalarni rivojlantirish imkonini berishi qayd etildi. Xususan, mintaqadan Yevropaga ekologik toza elektr energiyasini yetkazib berish masalasi ishlab chiqilmoqda.
Mamlakatning investitsiyaviy imkoniyatlarini taqdim etar ekan, ISSV rahbari kapital bozorini rivojlantirish hamda Milliy investitsiya fondi aksiyalarini London va Toshkent fond birjalarida joylashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Inson kapitali va raqamli iqtisodiyotga investitsiyalar ham ustuvor yo‘nalishlar qatorida qayd etildi. 2030-yilga qadar O‘zbekiston IT-xizmatlari eksportini 5 mlrd dollarga yetkazishni maqsad qilgan.
Forum doirasida Ozarbayjon OAVga bergan intervyusida Laziz Kudratov ikki tomonlama kun tartibining amaliy masalalariga to‘xtaldi. Qo‘shma ishlab chiqarishlarni rivojlantirish yaqin bir necha yil ichida O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga yetkazish yo‘llaridan biri sifatida ko‘rilmoqda.
Yangi yo‘nalishlar sifatida farmatsevtika, qurilish materiallari ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash belgilandi. Kaspiy dengizi orqali yuk tashish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etish yuzasidan ishlar olib borilmoqda. Bundan tashqari, neftni qayta ishlash sohasidagi o‘zaro investitsiyalar shartlari hamda SOCAR kompaniyasining O‘zbekistonda yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini rivo


