O‘zbekiston va Turkiya savdo-investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi
2026-09-12 21:40:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Akram Aliyev Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Berris Ekinji bilan uchrashdi.
Tomonlar savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish, o‘zaro savdo hajmini oshirish hamda qo‘shma investitsiyaviy va sanoat loyihalarini ilgari surish masalalarini muhokama qildilar.
Shuningdek, transport va hududlararo hamkorlikni kengaytirish hamda O‘zbekiston–Turkiya Hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar keng qamrovli strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.




