O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri hamda Jazoir tashqi savdo va eksportni rivojlantirish vaziri Kamel Rezig o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
2026-09-11 11:45:00 / Yangiliklar

10-sentabr kuni videokonferensiya shaklida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri hamda Jazoir tashqi savdo va eksportni rivojlantirish vaziri Kamel Rezig o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va sanoat hamkorligini kengaytirish, o‘zaro savdo hajmini oshirish, shuningdek, ustuvor tovar pozitsiyalari bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tashkil etish masalalarini muhokama qildilar.
Shuningdek, Preferensial savdo to‘g‘risidagi bitimni tuzish, Hukumatlararo komissiya hamda O‘zbekiston–Jazoir ishbilarmonlar kengashini tashkil etish bo‘yicha tashabbuslar ilgari surildi.
Tomonlar erishilgan kelishuvlarni amaliy jihatdan ro‘yobga chiqarish va ularni aniq loyihalarga aylantirish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar.
