Toshkentda O‘zbekiston–Ozarbayjon Hukumatlararo komissiyasining 15-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2026-07-17 23:10:00 / Yangiliklar

17-iyul kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha 15-Hukumatlararo komissiya hamda Hukumatlararo komissiya huzuridagi Ishbilarmonlar kengashining ikki mamlakatning yetakchi biznes vakillari ishtirokidagi qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar savdoni kengaytirish, investitsiyaviy sheriklik va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. Yanvar–may oylarida tovar ayirboshlash hajmi qariyb 40 foizga oshdi, uni 1 milliard AQSH dollariga yetkazish vazifasi tasdiqlandi.
Geologiya-qidiruv ishlari, qimmatbaho metallar qazib olish, to‘qimachilik sanoati, turizm va shaharsozlik sohalaridagi loyihalar, shuningdek farmatsevtika, elektrotexnika va oziq-ovqat sanoati hamda qurilish materiallari ishlab chiqarish yo‘nalishlaridagi tashabbuslar ko‘rib chiqildi.
Alohida e’tibor hududlararo aloqalar, avgust oyida bo‘lib o‘tadigan 4-O‘zbekiston–Ozarbayjon forumini o‘tkazish hamda ikki tomonlama investitsiya kompaniyasi portfelini kengaytirish masalalariga qaratildi.
Yakunlar bo‘yicha Hukumatlararo komissiya bayonnomasi va bitimlar paketi investitsiyalar, moliyalashtirish, sanoat kooperatsiyasi, geologiya-qidiruv ishlari va mineral resurslarni o‘zlashtirish sohalarida imzolandi.









