Xorazmda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi va sanoat korxonalari faoliyati o‘rganildi
2026-07-15 18:15:00 / Yangiliklar

14-iyul kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari I. Ergashev Xorazm viloyati tadbirkorlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi hamda hududdagi qator sanoat korxonalariga tashrif buyurdi.
Muhokamalar markazida investitsiya loyihalarini amalga oshirish, ishlab chiqarishni kengaytirish, eksport salohiyatini rivojlantirish, moliyaviy resurslardan foydalanish hamda korxonalarni muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlash masalalari bo‘ldi. Barcha murojaatlar tegishli tashkilotlar ishtirokida ko‘rib chiqildi: masalalarning bir qismi uchrashuv davomida bevosita hal etildi, qolganlari bo‘yicha ijro muddatlari belgilandi hamda vazirlik va hududiy tuzilmalar tomonidan nazorat o‘rnatildi.
Viloyatdagi sanoat korxonalariga tashrif davomida investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi, mahalliylashtirish ishlari hamda eksport salohiyati bilan tanishildi. Korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish, ishlab chiqarishni texnologik jihatdan yangilash, eksportni rivojlantirish va ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilandi.
Vazirlik tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar va joylarga chiqib o‘tkaziladigan uchrashuvlar amaliyotini davom ettiradi.

