Hududlarda sayyor qabullar o‘tkazilmoqda
2026-06-25 18:25:00 / Yangiliklar
"Uzbekistan Airports" AJ rahbariyati tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazdi. Unda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Yevropa va Yaqin Sharqqa aviaeksport qilish hamda yangi yuk reyslarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Ekspo markaz ko‘rgazmalarida xorijiy investorlar loyihalarini joylashtirish masalasi joyida o‘rganildi. Tashkiliy ishlarni sifatli yakunlash va taqdimotlarni yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.
