Hududlarda sayyor qabullar o‘tkazilmoqda
2026-06-25 14:10:00 / Yangiliklar
Bag‘dod tumanida viloyat hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov sanoat zonalarida faoliyat yuritayotgan hamda tumandagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuvda sanoatni rivojlantirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Tadbirkorlar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar atroflicha ko‘rib chiqilib, ularni hal etish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish hamda eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
