Wildberries
2026-05-22 11:30:00 / Yangiliklar

Global elektron tijorat dunyo bo‘ylab insonlarning xarid qilish, sotish va o‘zaro aloqalar usullarini o‘zgartirmoqda. 2025-yilda jahon onlayn savdo bozori hajmi
6,42 trillion AQSh dollaridan oshdi va mobil tijorat, raqamli logistika hamda sun’iy intellekt asosidagi shaxsiylashtirish rivoji hisobiga o‘sishda davom etmoqda. Transchegaraviy savdo sohaning asosiy drayverlaridan biriga aylanib bormoqda, rivojlanayotgan bozorlar esa internet foydalanuvchilari sonining ortishi, xizmatlarning raqamlashtirilishi va yosh aholi ulushi yuqoriligi tufayli tobora muhim rol o‘ynamoqda.
Bugungi kunda O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng jadal rivojlanayotgan elektron tijorat bozorlaridan biri hisoblanadi. 2024-yilda sektor hajmi 1,2 milliard AQSh dollariga yetdi va prognozlarga ko‘ra, 2027-yilga borib 1,8–2,2 milliard AQSh dollarigacha o‘sishi kutilmoqda. Bozor rivojlanishiga 32,7 million internet foydalanuvchisi, raqamli to‘lov yechimlarining faol joriy etilishi hamda logistika infratuzilmasining izchil kengayishi xizmat qilmoqda. Bozorda mahalliy va xalqaro kompaniyalar, jumladan Wildberries faoliyat yuritib, zamonaviy raqamli ekotizimning shakllanishi, raqobatning kuchayishi, tadbirkorlar uchun onlayn savdoga kirish imkoniyatlarining kengayishi va transchegaraviy savdoning rivojlanishiga hissa qo‘shmoqda.
Wildberries 2022-yilda O‘zbekiston bozoriga kirib keldi va bugungi kunda mamlakat kompaniyaning xalqaro rivojlanishidagi asosiy yo‘nalishlardan biriga aylandi.
So‘nggi ikki yil davomida platformada o‘zbekistonlik sotuvchilarning savdo hajmi
1 milliard AQSh dollaridan oshdi, O‘zbekiston mahsulotlarining Rossiyaga eksporti esa 63 foizga ko‘paydi.
Kompaniya, shuningdek, Toshkent viloyatida logistika markazini qurish uchun 150 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritishini e’lon qildi, yetkazib berish infratuzilmasini kengaytirishda davom etmoqda va mahalliy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlamoqda. Ushbu tashabbuslar O‘zbekistonda logistika, kichik biznes va xalqaro savdo rivojiga xizmat qilmoqda.
Elektron tijorat, raqamli infratuzilma va transchegaraviy savdoning O‘zbekiston iqtisodiyotidagi ahamiyati ortib borayotgan bir paytda, Wildberries’ning
5-Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TIIF) homiysi sifatidagi ishtiroki xalqaro raqamli platformalarning mamlakat bozoriga va uning uzoq muddatli salohiyatiga bo‘lgan yuqori qiziqishini aks ettiradi. Mazkur hamkorlik raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, investitsiya salohiyatini mustahkamlash hamda O‘zbekistonning uzoq muddatli barqaror iqtisodiy o‘sishini qo‘llab-quvvatlash borasidagi umumiy intilishni namoyon etadi.
