Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida tanlov g‘oliblari taqdirlandi
2026-03-02 15:15:00 / Yangiliklar

Umumxalq bayramlarining madaniy, tarixiy va g‘oyaviy ahamiyatini keng targ‘ib etish, shuningdek, mazkur yo‘nalishda ijodiy yondashuvlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida vazirlik tizimida bir qator ijodiy tashabbuslar amalga oshirildi.
Mazkur jarayon doirasida xodimlar tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlar ko‘rib chiqilib, eng munosiblari saralab olindi. Tanlov yakunlariga ko‘ra, faol va tashabbuskor xodimlar vazirlik rahbariyati tomonidan munosib rag‘batlantirildi.
Taqdirlash marosimi davomida umumxalq bayramlarining mazmun-mohiyatini keng yoritishga qaratilgan ijodiy ishlarning ahamiyati alohida ta’kidlandi. Shu bilan birga, bunday tashabbuslar orqali jamiyatda madaniy meros va qadriyatlarga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish muhimligi qayd etildi.
Kelgusida ham vazirlik tomonidan mazkur yo‘nalishda ijodiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va ularni keng ommaga yetkazish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.


