“INNOPROM. Markaziy Osiyo” boshlanishiga ikki oydan kam vaqt qoldi. Tadbirda ishtirok etish uchun rasmiy saytda ro‘yxatdan o‘tish so‘raladi
2026-03-18 15:15:00 / Yangiliklar

“INNOPROM. Markaziy Osiyo” boshlanishiga ikki oydan kam vaqt qoldi. Tadbirda ishtirok etish uchun rasmiy saytda ro‘yxatdan o‘tish so‘raladi.
O‘zingizga mos formatni tanlang:
VIP : VIP-beydj, ko‘rgazma ekspozitsiyasi va dasturning ochiq tadbirlari, jumladan, Asosiy plenar sessiyaga tashrif buyurish, INNOPROM Evening Party kechasiga taklifnoma, alohida ro‘yxatga olish peshtaxtasi, VIP-lounjdan foydalanish hamda tadbirga tayyorgarlik va uni o‘tkazish davrida shaxsiy menejer hamrohligini o‘z ichiga oladi. Ishtirok etish pullik, 15-martga qadar maxsus narx amal qiladi.
“Tashrif buyuruvchi” formati: Ko‘rgazma ekspozitsiyasi va ishchi dasturning ochiq tadbirlarida (Asosiy plenar sessiyadan tashqari) ishtirok etish imkonini beradi. Oldindan ro‘yxatdan o‘tish sharti bilan tashrif buyurish bepul.
“Delegat” formati: Davlat organlari rahbarlari va xorijiy delegatsiya vakillari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ko‘rgazma va ishchi dasturning barcha ochiq tadbirlari, shu jumladan, Asosiy plenar sessiyaga tashrif buyurish imkonini beradi. Tashkilotchi tomonidan ariza tasdiqlanganidan so‘ng ishtirok etish bepul.
OAV vakili formati tadbirni yoritishga tashrif buyurayotgan jurnalistlarga mo‘ljallangan. Bu format ko‘rgazma, ishchi dasturning ochiq tadbirlari (Asosiy plenar sessiyadan tashqari) va press-markazdan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi. Akkreditatsiya bepul.
B2B uchrashuvlarni mustaqil belgilash xizmati ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng barcha toifadagi ishtirokchilar uchun shaxsiy kabinetda mavjud bo‘ladi.
“INNOPROM. Markaziy Osiyo” - bu biznes va davlat muloqoti, sanoat yechimlari taqdimoti, hamkorlar topish hamda Markaziy Osiyo mamlakatlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun xalqaro maydondir.
20–22-aprel
CAEx Uzbekistan | Toshkent, O‘zbekiston
