Joriy yilning 3-mart kuni Toshkent shahrida “O‘zbekiston-Xitoy” biznes forumi bo‘lib o‘tadi
2026-02-25 17:35:00 / Yangiliklar

Mazkur tadbir ikki mamlakat ishbilarmon doira vakillari o‘rtasida ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, amaliy tajribalar bilan o‘rtoqlashish, dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish hamda uzoq muddatli, barqaror hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Forum doirasida O‘zbekiston va Xitoyning iqtisodiy hamda investitsiyaviy imkoniyatlari namoyish etilib, hamkorlik uchun muhim bo‘lgan tarmoqlar va ustuvor yo‘nalishlar taqdim etiladi. Shuningdek, qo‘shma investitsiya va sanoat loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha aniq taklif va tashabbuslar ko‘rib chiqiladi.
shtirokchilar ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari, xususiy sektor va davlat idoralari o‘rtasidagi hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish masalalari, shuningdek, qo‘shma tashabbuslarni amaliy jihatdan rivojlantirish yo‘llarini o‘rganib chiqadilar.
Tadbirda qatnashish uchun mazkur havola orqali ro‘yxatdan o‘tish anketasini to‘ldirishingizni so‘raymiz
