TIIF-2026
2026-02-14 09:50:00 / Yangiliklar

TIIF–2026 beshinchi yubiley forumi uchun ro‘yxatdan o‘tish jarayoni boshlandi!
2026 yil 16–19 iyun kunlari Toshkent shahrida mamlakatimizning eng yirik investitsiyaviy platformasi va mintaqaning eng yirik biznes forumlaridan biri - beshinchi yubiley Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tadi.
TIIF–2025 xalqaro investitsiyaviy muloqot uchun yuksak darajani belgilab berdi:
8 000 dan ortiq ishtirokchi, 97 ta davlatdan 3 000 nafar xorijiy mehmon
450 nafar yuqori darajadagi delegat, jumladan 312 nafar hukumat vakili
36 ta panel sessiya va 150 dan ortiq jahon darajasidagi spikerlar
100 ta mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirokidagi 12 000 kv. m maydonida sanoat ko‘rgazmasi
500 dan ortiq B2B va B2G uchrashuvlar tashkil etildi.
Forum yakunlari bo‘yicha 30,5 mlrd AQSh dollarlik bitimlar imzolanldi.
An’anaga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Forumning tantanali ochilish marosimi hamda Xorijiy investorlar kengashining uchinchi yig‘ilishida ishtirok etdi. Bu esa mazkur maydonning strategik maqomini yana bir bor tasdiqladi.
Forum tadbirlari 31 ta davlatdan 114 nafar jurnalist tomonidan keng yoritildi. Ular orasida CNN, Euronews, The Guardian, ZDF, Al Jazeera kabi yetakchi xalqaro OAV vakillari ham bor.
TIIF-2026 yanada kengroq ko‘lamda o‘tishi kutilmoqda. Bu yildagi Forumga yanada ko‘proq davlatlardan mehmonlar va investorlar kelishi, tadbir dasturi boyitilishi, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan yangi treklar, zamonaviy taqdimot va muzokara formatlari, sanoat kooperatsiyasiga hamda yirik investitsiyaviy loyihalarga alohida e’tibor qaratiladi.
Bu yilgi yubiley forum xalqaro kapital uchun jozibador nuqtaga hamda Markaziy Osiyoning investitsiyalar borasidagi kun tartibini shakllantiruvchi platformaga aylanadi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola https://tiif.online/registration
TIIF-2026 - yanada keng imkoniyatlar, mustahkamroq hamkorlik va ko‘proq investitsiyalar.
