2025-yilda O‘zbekistonda o‘zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmi $43,1 mlrdga yetdi
2026-01-07 09:20:00 / Yangiliklar

2025-yilda O‘zbekistonda o‘zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmi $43,1 mlrdga yetib, o‘tgan yilga nisbatan 24 foizga oshdi. Asosiy ulushni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar - $38,2 mlrd, shuningdek xalqaro moliya institutlari mablag‘lari - $4,9 mlrd tashkil etdi.
O‘zbekiston bozoriga yetakchi jahon brendlarining kirib kelishi hamda Xitoy, Rossiya, Turkiya, Saudiya Arabistoni va BAA bilan hamkorlikning izchil rivojlanishi investitsiyaviy ishonchning oshib borayotganidan dalolat beradi.


