Mutaxassislar noaniqlik zamonida ta'minot zanjiri va barqarorlik muvozanati masalalarini muhokama qilishdi
2024-05-03 17:45:00 / Yangiliklar
- Turkiya va O‘zbekiston mahsulot yetkazish koridorlari masalalarida strategik hamkorlik olib bormoqda. Ishonchim komilki, biz bu yo‘nalishda yanada kuchliroq birlasha olamiz. Biz birgalikda samarali hamkorlikka erishishimiz mumkinligiga ishonamiz, – dedi Turkiya savdo vaziri o‘rinbosari Sezay Ucharmak.
Ishtirokchilar so‘nggi yillardagi epidemiologik vaziyat, talabdagi tebranishlar, logistika yo‘nalishlarining o‘zgarishi, texnologiya va elektron tijoratning rivojlanishi tufayli global ta'minot zanjirlarida ro‘y bergan o‘zgarishlarni muhokama qildilar.
"Yamaykadan O‘zbekistonga banan yetkazish mumkin bo‘lsa, nega o‘zbek mahsulotlari dunyoning istalgan nuqtasiga yetib bormasligi kerak?”, - ajablandi Rishi Partners boshqaruvchi hamkori Suvra Chakraborti.
Sessiyada transport-logistika yo‘laklari va savdo infratuzilmasini strategik rivojlantirish, ishlab chiqarish jarayonlariga yangi texnologiyalarni joriy etish va balansga erishish uchun ta'minot zanjirini boshqarish usullarini takomillashtirish bo‘yicha davlat va xususiy sektor sa'y-harakatlarini birlashtirish zarurligi muhokama qilindi.
Muhokamada, shuningdek, PSA International vitse-prezidenti Mayk Formoso, John Deere Walldorf’ning MDH bo‘yicha vitse-prezidenti, Rishi Partners boshqaruvchi hamkori Suvra Chakraborti ham ishtirok etdi.
Mutaxassislar noaniqlik sharoitida global ta'minot zanjirlarining barqaror rivojlanish maqsadlari va samaradorligini uyg‘unlashtirish yo‘llari haqidagi tasavvurlari bilan o‘rtoqlashdilar.
