в МИПТ состоялось собрание, посвящённое профилактике коррупционных правонарушений и борьбе с ними
2025-11-27 19:45:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 27-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarini kuchaytirishga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirda vazir maslahatchisi Ulug‘bek Oqbutayev rahbarligida markaziy apparatdan qariyb 350 nafar xodim, 14 ta hududiy bo‘linma vakillari, shuningdek vazirlikning barcha tarkibiy tuzilmalari xodimlari ishtirok etdi.
Vazir maslahatchisi so‘zga chiqib, Vazirlikning mansabdor shaxslari hamda boshqa xodimlari qonunchilikka rioya etishi, o‘z mansab yoki xizmat majburiyatlarini beg‘arazlik bilan, xolisona, vijdonan, odob-axloq qoidalariga rioya etgan holda bajarishi hamda korrupsiyaga oid biror-bir huquqbuzarlikni sodir etishdan yoki bunday huquqbuzarliklarni sodir etish uchun shart-sharoitlar yaratadigan boshqa har qanday harakatlardan o‘zini tiyishi shartligini bildirdi.
Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha komplayens bo‘limi boshlig‘i Bobur Ibodullayev so‘zga chiqib, o‘xshash huquqbuzarliklar sodir etilishi ehtimolini baholash maqsadida vazirlik xodimlarining korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilishining holati va yo‘nalishlari haqida ma’lumot berdi. Korrupsiyaga oid jinoyatlar sodir etganlik uchun qanday javobgarlik belgilanganli, uning ko’rinishlari, kelib chiqish sabablari hamda jinoyat kodeksida sodir etgan jinoyat uchun qanday javobgarlik belgilanganligi xodimlarga tushintirildi.
Qayd etilishicha, 2024-yilda respublika bo‘yicha sudlar tomonidan korrupsion jinoyatlar uchun 7 354 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan, davlat manfaatlariga yetkazilgan umumiy zarar esa qariyb 2,8 trln so‘mni tashkil etgan. Huquqbuzarliklarning eng katta qismi ta’lim, sog‘liqni saqlash, bank sohasi hamda bandlik yo‘nalishlarida qayd etilgan.
Yig‘ilish davomida, xodimlarning murojaatlarini qabul qilish va tahlil qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning muhimligi, shuningdek ularni belgilangan tartibda ko‘rib chiqishni ta’minlash zarurligi alohida ta’kidlandi. Ishtirokchilarga jazolarning muqarrarligi tamoyili hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash va ularning oldini olish tartibi tushuntirildi.








