O‘zbekiston global mehnat bozorining faol ishtirokchisiga aylanmoqda.


Elektron hukumat davlat organlarining jismoniy hamda yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida davlat xizmatlari ko‘rsatishga oid faoliyatini, shuningdek idoralar o‘rtasida elektron hamkorlik qilishni ta’minlashga yo‘nаltirilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi hisoblanadi.
Elektron hukumatni turlicha ta’riflash mumkin. Keng ma’noda, elektron hukumatning vazifalari va xizmatlar ko‘rsatishi hamda faoliyatini rivojlantirish uchun AKTni qo‘llash ko‘rinishida belgilanishi mumkin.
Shuningdek, elektron hukumatni ― davlat oganlari ko‘rsatayotgan hizmatlarning, ochiqligi, shaffofligi, shuningdek, samaradorligi va sifatini oshirish maqsadida raqamli texnologiyalardan foydalanish usuli deb tushunish ham o‘rinlidir. Bundan tashqari, elektron hukumatni AKTni qo‘llagan holda davlat organlarining yanada samarali faoliyat ko‘rsatishi hamda fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlariga sifatli xizmatlar ko‘rsatish tizimi deb ta’riflash mumkin.
E-xizmatlarning yana bir muhim jihati shundaki, ular davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash barobarida nafaqat shu tashkilotning, balki butun mamlakatning umumiy imijini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bir so‘z bilan aytganda, elektron hukumat atamalarini quyidagi to‘rtta asosiy qismlar orqali umumlashtirsa bo‘ladi.
Elektron hukumat quyidagicha tavsiflanadi:
Elektron hukumatning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
Elektron hukumatning asosiy tamoyillari:
Elektron hukumat imkoniyatlarini amalga oshirish maqsadida ko‘pgina davlatlar elektron hukumatni rivojlantirishni o‘zlarining siyosiy rejalariga kiritmoqdalar. Jahon tajribasidan ma’lumki, dastlabki e’tibor AKTdan foydalanish orqali davlat ishlari samaradorligini oshirishga qaratilgan edi. Shu bilan birga, elektron hukumat xizmatlariga davlat tomonidan cheklangan investitsiyalar ta’siri natijasida, 2000 yilning o‘rtalarida fuqarolarga yo‘naltirilgan yondashuvlar o‘zgara boshladi.
Ushbu harakatlar natijasida hukumat xizmatlarini yetkazib berish jarayonida fuqarolarning davlat xizmatlariga turli ehtiyojlarining mosligini ta’minlash birinchi o‘ringa qo‘yilganligi orqali sezilarli o‘zgarishlarga erishildi.
Bugungi kunda elektron hukumat nafaqat davlat sektori vazifalarini va jarayonlarini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash uchun bir muhim vosita, balki hukumatni o‘zgartirishga va xizmat ishlab chiqish va yetkazib berish uchun yangi yondashuvlarni yaratishda asosiy omil hisoblanmoqda.
Umuman olganda, onlayn xizmatlarning ko‘payishi, ushbu xizmatlardan yanada kengroq foydalanish, o‘z navbatida elektron hukumat tizimining ta’siri katta ekanligidan dalolat beradi.
Shunday qilib, elektron hukumat, hukumat shaffofligi va ichki samaradorlikka bevosita ta’sir etib, barqaror ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun elektron fuqarolar va elektron biznes ishtirokchilarining muhim ommasi shakllanishini talab qiladi.
Elektron hukumat xizmatlari foydalanuvchilarining muhim ommasining ko‘payishi, ana’naviy xizmat ko‘rsatish usulidan voz kechib, elektron hukumat xizmati ko‘rsatish usuliga o‘tib ketishlari talab etiladi.
Elektron hukumat tizimini joriy etish, uni ishlatishda aholining aksariyat talab-ehtiyojlarini qondira olsa, ular tomonidan qo‘llab-quvvatlanish imkoniyatlari bo‘lsagina ushbu yangi tizim muvaffaqiyatga erisha oladi.
Aholining ushbu tizim haqidagi bilimi yetarli bo‘lgandagina ularning ma’lum bir ehtiyojlari qondirilishi mumkin. Bu jarayonda davlat xizmatlari tezda va sifatli ko‘rsatila boshlanadi. Fuqaro va tadbirkorlarning e-hukumat xizmatlaridan foydalanishga bo‘lgan qiziqishlari yoki motivatsiyalarini oshirish uchun aktual, oson olish mumkin bo‘lgan raqamli kontent xizmatlarini taqdim etish lozim.
Bulardan tashqari aholining elektron davlat xizmatlariga bo‘lgan ishonchini oshirish muhimdir. Ana shu maqsadda tegishli ma’lumotlarni ximoyalash va ularning konfidensialligini ta’minlashni nazarda tutish kerak.
Xususan, elektron hukumat xizmatlaridan foydalanish talablari va qo‘llab-quvvatlash darajasini oshirishda quyidagi ishlar
amalga oshirilishi lozim: