Ishlab chiqiladigan qonun hujjatlari va normativ hujjatlar loyihalari
Ishlab chiqiladigan qonun hujjatlari va normativ hujjatlar loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar
1. "Mehnat migratsiyasi to‘g‘risida"gi Qonun loyihasi.
2. "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalarkiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasi.
3. "Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan fuqarolarni kasbga tayyorlash va chet tillarga o‘qitish, ularniqo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasi.
4. "Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan fuqarolarni maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.
5. “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 31-maydagi 408-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.
6. "Xususiy bandlik agentliklarini tekshirish mexanizmlarini takomillashtirish to‘g‘risida"gi idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi.
