Matbuot xizmati aloqalari
Matbuot xizmati aloqalari va veb-saytni yuritishga mas'ul
Quyidagilar Agentlik Axborot xizmatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
- Agentlik rahbariyati tomonidan belgilanadigan sohada axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda qatnashish;
- Agentlik faoliyati doirasidagi yangiliklar, amalga oshirilayotgan loyihalar, normativ-huquqiy hujjatlarning mahalliy ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishini ta’minlash;
- Milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida Agentlik faoliyatining dolzarb jihatlarini, shuningdek ekologiya sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirilishi masalalarini yoritish;
- Internet tarmog‘ida Agentlikning veb-resursini (rasmiy veb-saytini) tashkil etish, unga sohaga oid axborotlarni muntazam joylashtirib borish.
Hurmatli ommaviy axborot vositalari vakillari !
Sizga Axborot xizmati doimiy hamkorlikka tayyor ekanligini, Agentlik faoliyatiga oid tahliliy ma’lumot va sharhlarni olishingizga ko‘maklashishga tayyor ekanini bildiramiz. Har bir murojaatingizga nisbatan sifatli va o‘z vaqtida munosabat bildiriladi.
Agentlik Axborot xizmati Sizning so‘rovlaringiz yuzasidan sifatli material tayyorlash yuzasidan tizimdagi korxona va tashkilotlar ham jalb qilinadi.
Shuningdek, siz ommaviy axborot vositasi vakili sifatida Agentlik veb-saytida elektron akkreditatsiyadan o'tish imkoniyatiga ham egasiz.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligiga oid maqola, lavha va intervyularni tayyorlashda hamkorlik uchun Agentlikning Axborot xizmatiga murojaat qiling:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining Axborot xizmati boshlig‘i - direktorning matbuot kotibi - Tulayeva Gulrux Maxmudjonovna.
Telefon: +998 (71) 202-33-55
Elektron pochta: g.tulayeva@migration.uz
Ochiq ma'lumotlarni veb-saytda joylashtirish bo'yicha mas'ul mutahassis – Tillayev Rustam G‘ayrat o‘g‘li, Telefon: +998 (99) 854-99-49
Ushbu saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda https://gov.uz/oz/migrationga havola ko‘rsatilishi shart!
Rasmiy veb-saytda ishonchsiz axborot joylashtirilmaydi!
