Buyuk Britaniya bilan mavsumiy bandlik va mehnat huquqlarini himoya qiliş böyiça hamkorlik muhokama qilindi
2026-11-23 18:10:00 / Yangiliklar

23-noyabr kuni Migratsiya agentligi rahbariyati Buyuk Britaniyaning Adolatli mehnat şaroitlarini ta’minlaş agentligi (Fair Work Agency, FWA) vakillari bilan videokonferensiya shaklida uçraşuv ötkazdi. Muloqotda mavsumiy işga tartibli jalb etiş, yurtdoşlarimizning mehnat huquqlarini himoya qiliş va hamkorlikni yangi yönalişlarda rivojlantiriş masalalari körib çiqildi.
Migratsiya agentligi ma’lumotiga köra, sönggi üç yilda 14 mingdan ortiq Özbekiston fuqarosi Buyuk Britaniyaga mavsumiy işga yuborilgan. Britaniyalik operatorlarning kelgusi mavsum uçun nomzodlarni saralaş maqsadida Özbekistonga kelişi rejalashtirilmoqda.
FWA vakillari mavsumiy işçilarni jalb etuvçi operatorlarning litsenziya talablariga rioya etişini nazorat qiliş va xodimlarning murojaatlarini körib çiqiş tartibi haqida ma’lumot berdi. Migratsiya agentligi safar oldidan yurtdoşlarimiz uçun Buyuk Britaniya mehnat qonunçiligi, mehnat şartnomasi hamda işlaş va yaşaş şaroitlari böyiça maxsus maşğulotlar ötkazişni taklif qildi. Tomonlar mehnat huquqlari buzilişining oldini oliş uçun mutaxassislar örtasida amaliy axborot almaşiş muhimligini qayd etdi.
Özbekiston tomoni litsenziyaga ega xususiy bandlik agentliklarining xorijda işga joylaştirişdagi iştirokini bosqiçma-bosqiç kengaytiriş rejalarini taqdim etdi. Britaniya vakillari mavsumiy işçilarni qaysi mamlakatlardan va qanday tartibda jalb etişni operatorlarning özi belgilaydigani hamda taklif etilgan hamkorlik mexanizmini batafsil örganiş zarurligini bildirdi. Uçraşuvda hamkorlik memorandumining yangilangan loyihasi va uni imzolaşga tayyorgarlik masalalari ham muhokama qilindi.
Şuningdek, Migratsiya agentligi ingliz tilini biladigan oliy ta’lim muassasalari bitiruvçilari, muhandislar va boşqa malakali mutaxassislarni Britaniya kompaniyalariga işga joylaştiriş istiqbollarini örganişni taklif qildi. Britaniya tomoni mazkur taklifni vakolatli idoralarga yetkaziş va keyingi maslahatlaşuvlarni muvofiqlaştirişga kömaklaşişga tayyorligini bildirdi.



