Vazir o’rinbosari Toshkent viloyatida
2026-03-15 15:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Koʻp qavatli uylarga xizmat ko’rsatish sohasidagi tub o’zgarishlar bugungi kunda mamlakatimizning barcha hududlariga kirib bormoqda.
Vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva Toshkent viloyati Olmaliq shahrida tashkil etilayotgan yangi boshqaruv kompaniyasi binosi bilan tanishdi.
“Sihat salomatlik qurilish” boshqaruv servis kompaniyasi 76 ta ko’p qavatli uyga xizmat ko’rsatadi. 80 nafardan iborat jamoa mulkdorlarga nafaqat kommunal xizmatlar, balki, qo’shimcha servis xizmatlarni taqdim etib kelmoqda. Moddiy texnika bazasi, 24/7 dispetcherlik xizmatiga ega kompaniyaning boshqaruv binosi bilan bog’liq muammosi bor edi.
Vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva boshchiligida bugun mazkur muammo o’zining ijobiy yechimini topdi. Barcha zamonaviy sharoitlarga ega bino barpo etilib, mulkdorlar va aholi uchun qulay sharoit yaratildi.
- Davlatimiz rahbari boshaqaruv tashkilotlariga bugun juda katta imkoniyat va sharoitlar yaratib bermoqdalar. Ishlayman, aholi ko’nglidan chiqaman degan boshqaruvchilar uchun biz ham bor imkoniyatlarimizni ishga solgan holda yordam beramiz, - dedi O.Jo’rayeva.
Mutasaddilar binoda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, servis xizmatlar uchun ham keng sharoit yaratish lozimligini ta’kidladilar.



