Navoiy viloyati "Issiqlik ta'minoti" MCHJda seminar-trening hamda profilaktik tadbir o'tkazildi
2026-03-12 18:20:00 / Vazirlik yangiliklar

Navoiy viloyati "Issiqlik ta'minoti" MCHJda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, manfaatlar to'qnashuvi holatlarini oldini olishga qaratilgan seminar-trening hamda profilaktik tadbir o'tkazildi.
Tadbir Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi mas'ullari tomonidan tashkil etildi. Unda tashkilot xodimlariga korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oldini olish, xizmat faoliyatida shaffoflik va qonuniylikni ta'minlash, manfaatlar to'qnashuviga yo'l qo'ymaslik bo'yicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, vazirlikning ichki buyrug‘i bilan tasdiqlangan korrupsiya haqida xabar berish tartibi ham barcha xodimlar eʼtiboriga yetkazildi. Ushbu tartib orqali korrupsiyaviy holatlar haqida axborot berish mexanizmlari, murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi batafsil tushuntirildi.
Tadbir davomida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni taʼminlash har bir xodimning muhim vazifasi ekani alohida taʼkidlandi



