8-mart bayrami munosabati bilan ayollarga ehtirom ko‘rsatildi
2026-03-07 18:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi. Unda ayollarga hurmat va ehtirom ko‘rsatilib, ularning jamiyat hayotidagi o‘rni alohida e’tirof etildi.
Ayol – bu hayot chashmasi, mehr va fidoyilik timsoli. U oila tayanchi, jamiyatning muhim ustuni, ertangi kunning bunyodkoridir. Uning sabri va matonati, ezgulikka yo‘g‘rilgan qalbi dunyoni yanada go‘zal va nurafshon qiladi.
Tadbirda vazirlik ayol-qizlariga Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatovning samimiy tabrigini Apparat rahbari yetkazdi.
Tadbir ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. Xususan, vazirlik mutasaddilari va tizim tashkilotlari rahbarlari ham ayollarga tabriklarini izhor etib, ularni bayram bilan muborakbod etdi.
Bayram yakunida qurilish va kommunal sohalarda fidokorona mehnat qilib kelayotgan xotin-qizlarga bayram sovg‘alari topshirildi.





