Vazir o’rinbosari Surxondaryoda
2026-02-24 12:30:00 / Vazirlik yangiliklar

Hududlarda ko’p qavatli uylarga xizmat ko’rsatish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva Surxondaryo viloyati Jarqo’rg’on tumanida bo’lib o’tibdi.
Ozoda Jo’rayeva “Yangi yoshlar” BSK faoliyati, ta’mirlash jarayonlari, boshqaruv binosi va unda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Aholi, xususan, hudud otaxonlari bilan samimiy suhbat qurib, ularning bugungi islohotlarga bo’lgan fikr-mulohazalariga qiziqdi.
- Prezidentimiz tashabbusi bilan bugun respublikaning barcha hududlarida mana shunday shinam sharoitlar yaratilmoqda. Bu joylarni munosib saqlash mas’uliyat, shu ma’noda, sizlarning faolligingiz, daxldorligingiz biz uchun juda muhim, - dedi Ozoda Jo’rayeva.
O’z o’rnida otaxonlar ham berilayotgan imkoniyatlar uchun minnatdorlik bildirdilar.
BSK boshqaruv binosi zamonaviy talablar asosida barpo etilgan. Muhimi, aholi to’lov qilishi uchun maxsus qurilmalar, ularning murojaatlarini qabul qilish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Ozoda Jo’rayeva o’rganishlar yakunida kompaniyaga qo’shimcha servis xizmatlarini ko’paytirish, obodlikka alohida e’tibor berish yuzasidan o’z tavsiyalarini berdi.



