Yangi Toshkentga Britaniyaning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon delegatsiya keldi
2026-02-18 15:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Buyuk Britaniyaning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon boʻyicha savdo vakili lord Jon Olderdays boshchiligidagi delegatsiya Yangi Toshkentga keldi.
Dastlab Yangi Toshkent hududida birinchi bosqichda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Ma’lumki mazkur yirik loyiha konsepsiyasi Britaniyaning “Cross Works” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Ayni paytda 100 dan ziyod bino-inshootlar qurilishi jadal olib borilmoqda. Har bir tashabbus xalqaro meʼyorlar va zamonaviy shaharsozlik tendensiyalariga asoslanadi.
Shundan so‘ng “Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi” direktori D.Adilov Jon Olderdays va Britaniyaning nufuzli qurilish-arxitektura kompaniyalari vakillari bilan muloqot qildi. Xususan, “Zaha Hadid Architects”, “Arup”, “Buro Happold”, “A IS FOR ARCHITECTURE”, “BIG – Bjarke Ingels Group”, “INTEC Energy Solutions” kabi brendlar mas’ullari hududda amalga oshirilayotgan investitsiyaviy, infratuzilma va boshqa loyihalar xususida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Atrof-muhit muhofazasi, energetika, transport tizimi, kommunikatsiya tarmoqlari bo‘yicha fikrlarini bildirishdi.
Suhbat yakunida Buyuk Britaniya savdo vakili lord Jon Olderdays Faxriy mehmonlar kitobiga o‘z tilaklarini yozib qoldirdi.
Tashrif davomida delegatsiya a’zolari Yangi Toshkent hududida bunyod etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” universiteti qurilishi bilan ham tanishdi.




