Imom al-Buxoriy majmuasi hududida barpo etilayotgan mehmonxonalar qurilishi ko'zdan kechirildi
2026-02-02 21:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Toir Alimatov boshchiligida mas'ullar Samarqand viloyatining Payariq tumanida joylashgan Imom al-Buxoriy majmuasi hududida bunyod etilayotgan mehmonxonalar qurilishining borishini o‘rgandi.
Loyiha doirasida hudud 6 ta lotga bo‘lingan bo‘lib, har bir lot bo‘yicha alohida pudrat va loyiha tashkilotlari, shuningdek, moliyalashtiruvchi banklar biriktirilgan. O‘rganish davomida qurilish ishlari holati, bajarilgan ishlarning sifat darajasi ko‘zdan kechirildi.
Tashrif davomida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar va pudratchilarga aniq topshiriqlar berildi. Jumladan, qurilish jarayonlarini belgilangan muddatda va sifat talablariga muvofiq yakunlash, texnika hamda mehnat xavfsizligi qoidalariga to‘liq rioya qilish, energosamaradorlikka doir talablarga amal qilish zarurligi ta’kidlandi.


