Sovuqqa qarshi uzluksiz nazorat
2026-01-24 12:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Qish mavsumida aholini barqaror issiqlik ta’minoti bilan ta’minlash ustuvor vazifa hisoblanadi. Shu maqsadda Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Jahongir Anvarov Chirchiq shahridagi ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatayotgan “Go’zal shahrim gullasin” BSKning tungi dispetcherlik xizmati faoliyati bilan tanishdi.
Shuningdek, 8-kichik nohiyadagi qozonxona hamda mahalladagi ko‘p kvartirali uylarni issiqlik bilan ta’minlayotgan 1-qozonxona ish faoliyati o‘rganildi.
Uy-joylar atrofi va kirish yo‘laklarining tozaligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bunday nazorat qish mavsumini barqaror o‘tkazish, aholi farovonligi va salomatligini ta’minlashga xizmat qiladi.



