Vazirligida navbatdagi siyosiy-ma’rifiy soat tashkil etildi
2026-01-09 11:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Bugun an’anaga muvofiq Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida navbatdagi siyosiy-ma’rifiy soat tashkil etildi.
Unda vazirlikning markaziy apparati, “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish” Respublika markazi, Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi xodimlari ishtirok etdilar.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar yuzasidan soha mutaxassislarining fikrlari tinglandi. Uchrashuvda ishchi xodimlarning milliy liboslarda ishtirok etishi, ularning boy madaniy merosimiz va milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan yuksak eрtiromini amalda yana bir bor ko'rsatdi.
Shuningdek, tadbirda mas’ul mutaxassislar tomonidan axborot xavfsizligi talablariga rioya etish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Mazkur yo‘nalishdagi siyosiy-ma’rifiy uchrashuvlar respublikamizning barcha hududlarida davom ettirilib, jamoalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.




