Sohada shaffoflik: deputatlar vazirlikning yangi binosida press-tur o‘tkazmoqda
2026-01-07 12:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda sohani raqamlashtirish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan taqdimot bo‘lib o‘tadi.
Unda vazirlik tizimida shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash, boshqaruv jarayonlarini raqamli yechimlar asosida takomillashtirish borasida ko‘rilgan chora-tadbirlar yuzasidan ma’lumotlar beriladi.
Ayni paytda esa tadbir doirasida vazirlikning “Yangi Toshkent” shahrida joylashgan modul turdagi yangi binosi bo‘ylab press-tur bo’lib o’tmoqda. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’ul xodimlari, vazirlik tizim tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishyapti.




