Ishdan keyingi sport — charchoqni emas, kuch va motivatsiyani oshiradi
2026-01-05 19:00:00 / Vazirlik yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-dekabrdagi “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-421-son qarori ilovasining 4.2-bandida ish vaqtidan so‘ng belgilangan kunlarda (haftada kamida bir marta) barcha vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari, davlat ishtirokidagi tijorat banklari va korxonalar mehnat jamoasining jamoaviy sport turlari bilan shug‘ullanishini tashkil qilish topshirilgan.
Mazkur topshiriqlar ijrosi yuzasidan, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda vazirlikning tizim tashkiloti xodimlari o‘rtasida sportning stol tennisi turi bo‘yicha har kuni ish vaqtidan so‘ng o‘yinlar tashkil qilib kelinmoqda.



