Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Rasmiy munosabat)
2025-12-26 10:00:00 / Rasmiy munosabat

Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi ijtimoiy tarmoqlar orqali kelib tushgan kommunal sohaga oid tanqidlar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi:
Toshkent shahri Olmazor tumani, Qoraqamish 1/2-dahasi, 10-uyning yoʻlagidagi deraza-romlar abgor holatda ekani maʼlum qilingan xabar yuzasidan hozirda BSK tomonidan holat nazoratga olinib, tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda.
Yunusobod tumanining 4-dahasidagi 17,18,21,28,29,31 hamda 66-uylarga xizmat koʻrsatuvchi “Ekooazis” kompaniyasining faoliyatidan, xususan, Tuzel dahasidagi koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatuvchi “AAA ELIT ECHO” ning faoliyatidan aholi norozi boʻlib murojaat qilayotgani haqidagi tanqidlar yuzasidan esa aholiga mas'ullar tomonidan huquqiy tushuntirishlar olib borildi.
Shuningdek, Yunusobod tumanining 17-dahasi, 12-uy, 2-kirish yoʻlagining yertoʻlasiga suv oqayotgani aytilgan xabar bo'yicha o'rganish ishlari olib borilib, muammo bartaraf etilgani aniqlandi.
Yana bir tanqidda Toshkent viloyati Qibray tumanidagi "Yuqori yuz" mahallasiga xizmat koʻrsatuvchi “Rahmat xizmat” kompaniyasi litsenziya hamda sertifikatga ega boʻlmasa-da, aholidan pul undirayotgani tanqid ostiga olingani aytilgani bois hozirda o'rganish ishlari amalga oshirilayotganini ma'lum qilamiz.
