DIQQAT, E'LON!
2026-01-06 10:00:00 / Vazirlik yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi xabar qiladi:
2026-yil 25–27-fevral kunlari Rossiya Federatsiyasining Ufa shahrida “UralStroyIndustriya” xalqaro ko‘rgazma-forumi hamda “ProNedvijimost” ko‘chmas mulk ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur xalqaro tadbirlar Boshqirdiston Respublikasi Hukumati hamda Boshqirdiston Respublikasi Qurilish va arxitektura vazirligi tomonidan tashkil etilmoqda.
Ko‘rgazma-forum doirasida quyidagilar namoyish etilishi rejalashtirilgan:
- zamonaviy qurilish materiallari;
- qurilish sohasida qo‘llanilayotgan dolzarb raqamli yechimlar;
- innovatsion texnologiyalar;
- loyihalash, qurilish va pardozlash jarayonlarini qamrab oluvchi ilg‘or tajribalar;
- ko‘chmas mulk sohasining barcha yo‘nalishlari.
Tadbir doirasidagi asosiy voqea sifatida “Rossiya qurilish sohasi: 2030-yilgacha rivojlanish maqsadlari, tendensiyalari va ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida yalpi majlis o‘tkazilishi belgilangan.
Mazkur xalqaro ko‘rgazma-forumlar qurilish sanoatini rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni almashish hamda o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu munosabat bilan mamlakatimizdagi tegishli vazirlik va idoralar, soha tashkilotlari hamda tadbirkorlik subyektlari ushbu xalqaro tadbirlarda faol ishtirok etishga taklif etiladi.
