Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Rasmiy munosabat)
2026-01-05 19:00:00 / Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p qavatli uylar kirish yo‘laklaridagi qum-tuz aralashmasi solinadigan idishlar xavfsizlik talablariga javob bermaydi, degan mazmundagi xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv organlari qor mavsumida aholiga xavfsiz sharoit yaratish maqsadida qum-tuz zaxirasini yaratishi belgilangan. Ammo, "Ko‘p qavatli uylarni boshqarish to‘g‘risidagi" Qonunning 27-moddasida quyidagilar keltiriladi:
"Boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi umumiy mol-mulkni saqlashni ta’minlaydigan hamda sifati umumiy mol-mulkni saqlash bo‘yicha texnik reglamentlar va belgilangan qoidalar talablariga muvofiq bo‘lishi kerak bo‘lgan xizmatlarni ko‘rsatish va (yoki) ishlarni bajarish uchun joylarning mulkdorlari oldida javobgar bo‘ladi". Ya’ni, boshqaruv organi qum-tuz aralashmasi saqlanadigan maxsus idishlarni xavfsizligini ta’minlashi shart.
