Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Rasmiy munosabat)
2025-12-29 11:00:00 / Rasmiy munosabat

Joriy yilda qish mavsumini betalofat oʻtkazish maqsadida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 1298 ishonch telefon raqami barcha murojaatlarni qabul qilyapti.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan tanqid yuzasidan barcha qo'ng'iroqlar tahlil qilib chiqilganini hamda sovuq kunlarda ish ko'lami va murojaatlar ortgani bois ishonch raqamida qator navbatlar yuzaga kelganini ma'lum qilamiz.
Xususan, hozirda bunday holat mavjud emasligini bildiramiz va keltirilgan noqulaylik uchun uzr so'raymiz.
