Bugun an'anaga muvofiq vazirlik tizimida navbatdagi siyosiy-maʼrifat soati bo’lib o’tdi
2025-12-26 10:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Bugun an'anaga muvofiq Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tizimida navbatdagi siyosiy-maʼrifat soati bo’lib o’tdi.
Unda vazirlik markaziy apparati, “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish” Respublika markazi, Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti, shuningdek, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi xodimlari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli yangilanishlar, jamiyat taraqqiyoti va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan islohotlarning mazmun-mohiyati haqida so'z bordi. Xodimlarning milliy liboslarda ishtirok etishi esa xalqimizning boy madaniy merosi va qadriyatlariga bo‘lgan e’tiborning amaliy ifodasi bo‘ldi.
Mazkur yo‘nalishdagi ma’rifiy tashabbuslar Respublikamizning barcha hududlarida izchil davom ettirilib, mehnat jamoalarida sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.


