Vazirligida hamda uning tizim tashkilotlarida siyosiy-maʼrifat soati bo’lib o’tdi
2025-12-19 11:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda uning tizim tashkilotlarida siyosiy-maʼrifat soati bo’lib o’tdi.
Unda vazirlik markaziy apparati, “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish” Respublika markazi, Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti, shuningdek, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi xodimlari ishtirok etdilar. Tadbirda mamlakatimizda oxirgi yillarda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy yo’nalishlarda qilinayotgan sa’y-harakatlar haqida so’z bordi. Ishtirokchilar milliy liboslarda qatnashib, xalqimizga xos qadriyat, anʼana va urf-odatlarga boʻlgan hurmat-ehtiromlarini namoyon etdilar.
Ushbu tashabbus doirasidagi maʼrifiy va madaniy tadbirlar barcha hududlarda davom ettirilmoqda. Bu esa o’z navbatida jamoa oʻrtasida maʼnaviy muhitni yanada yuksalishiga xizmat qiladi.


