Vazirligida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bagʻishlangan tadbir bo'lib o'tdi
2025-12-15 12:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bagʻishlangan tadbir bo'lib o'tdi. Unda Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri oʻrinbosari D.Adilov boshchiligida vazirlikning markaziy apparati mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari faoliyatini zamonaviy va samarali mexanizmlar asosida tashkil etish, belgilangan vazifalarni aniq hamda tizimli ijro etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, ushbu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlarning dolzarbligi, ularning davlat boshqaruvida shaffoflik va ochiqlikni ta’minlashdagi ahamiyati qayd etildi.
Xususan, korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda faol ishtirok etib, munosib hissa qoʻshgan bir qator mutaxassislar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.
Tadbir yakunida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi ishlarni yanada kuchaytirish, halollik va shaffoflik tamoyillarini izchil ta’minlash, ichki nazorat mexanizmlarining samaradorligini oshirish boʻyicha kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.



