Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi raisi ishtirokida ochiq muloqot o‘tkaziladi
2026-08-01 11:25:00 / Yangiliklar

2026-yil 3-avgust kuni soat 13:30 da Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi raisi Azizbek Urunov rahbarligida “Ochiq muloqot” bo‘lib o‘tadi.
Ushbu muloqot oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, import qilish va eksport qilish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan ochiq va samarali muloqot o‘rnatish, sohadagi mavjud muammolarni muhokama qilish hamda amaliy yechimlarni ishlab chiqishga qaratilgan.
Manzil: Xalqaro biznes markazida, Amir Temur shoh ko’chasi 107B (Mo‘ljal: "Bodomzor" metro bekati)
Zoom orqali qatnashish uchun:
Mas’ul xodim:Behzod Egamberdiyev
+998 (99) 808-77-57@bekhzod_godgiven
Barcha tadbirkorlar va soha vakillarini “Ochiq muloqot”da faol ishtirok etishga taklif etamiz