O‘rik eksportida pestitsid qoldiqdari me’yorlari
2026-06-22 10:35:00 / Yangiliklar

O‘zbekistondan xorijiy bozorlarga eksport qilinayotgan o‘rik mahsulotlarining oziq-ovqat xavfsizligi va xalqaro talablarga muvofiqligi eksport jarayonining muhim sharti hisoblanadi.
Ishlov uchun tadbirkorlar tomonidan Cyprodinil (Siprodinil) faol moddasi qo‘llaniladi. Mazkur modda bo‘yicha tashqi bozorlarda qo‘llanilayotgan MRL (maksimal ruxsat etilgan qoldiq miqdori) ko‘rsatkichlari mavjud.
Cyprodinil bo‘yicha ayrim tashqi bozorlarda maksimal qoldiq miqdori 2 mg/kg etib belgilangan bo‘lsa, O‘zbekistonning amaldagi talablariga muvofiq o‘rik tarkibida mazkur moddaning maksimal ruxsat etilgan miqdori 0,05 mg/kgni tashkil etadi.
Eksportdan avval mahsulotni laboratoriya ekspertizasidan o‘tkazish maqsadga muvofiq. Laboratoriya tahlillari mahsulotni oziq-ovqat xavfsizligi talablariga mos kelishini tekshirish imkonini beradi.
Masalan:
-0,03 mg/kg — me’yorga to‘liq mos;
-0,05 mg/kg — ruxsat etilgan eng yuqori chegara;
-0,5 mg/kg — tashqi bozorda qabul qilinishi mumkin bo‘lsa-da, O‘zbekiston talablariga javob bermaydi;
-2 mg/kg — ayrim davlatlar limitiga teng bo‘lishi mumkin, ammo milliy normaga nisbatan 40 barobar yuqori hisoblanadi.
Eksportyorlar mahsulotni yetishtirish, himoya qilish va eksportga tayyorlash jarayonlarida pestitsidlarni qo‘llash me’yorlariga qat’iy rioya qilishi, yig‘im-terimdan oldin belgilangan kutish muddatlarini saqlashi hamda laboratoriya nazoratini muntazam amalga oshirishi lozim.
Bunday choralar mahsulotning tashqi bozorlarga kirishini ta’minlab, mamlakatimizda yetishtirilayotgan va ishlab chiqarilgan meva-sabzavot mahsulotlarining xalqaro nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi.
