Korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi
2026-06-19 10:50:00 / Yangiliklar

Seminarda boshqarmaning tashqi va ichki karantin bo‘limlari xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha bosh mutaxassisi M. Mirazimov, boshqarma boshlig‘i F. Muxayminov, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari Z. Usmonov, boshqarmaning yuridik maslahatchisi M. Boymirzayev hamda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha bosh mutaxassis B. Sayfiyev qatnashdi.
Seminar davomida ishtirokchilarga korrupsiya huquqbuzarliklarining salbiy oqibatlari, ularning oldini olish chora-tadbirlari, shuningdek, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va tizimda olib borilayotgan ishlar haqida batafsil tushunchalar berildi.
Tadbir yakunida xodimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.




