"F Istanbul 2026" ko‘rgazmasida ishtirok eting
2026-08-26 / Voqealar taqvimi

Mazkur tadbir oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar, qadoqlash, logistika va HoReCa sektori bo‘yicha keng qamrovli yechimlarni namoyish etadi. Ko‘rgazmada Yevropa, Yaqin Sharq, Osiyo va Afrika mamlakatlaridan kompaniyalar ishtirok etadi. F Istanbul eksportni kengaytirish, yangi bozorlarni o‘rganish va B2B uchrashuvlar orqali hamkorliklarni rivojlantirish uchun muhim maydon hisoblanadi. Tadbir davomida yangi mahsulotlar taqdimoti, degustatsiyalar va biznes muzokaralar tashkil etiladi.
Batafsil ma'lumot uchun: https://f-istanbul.com
Ishtirok etish istagida bo'lgan korxonalar 21-iyunga qadar quyidagi havola orqali o'tib, ariza qoldirishlari so'raladi:
https://agrokomakchi.uz/exhibitions-list?month=8
Murojaat, savol va takliflar uchun: +998712027778 (1596)
Mas’ul xodim: @Asadbek_hoca
Markaziy eksport shtabi eksportchilarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor!
