"Korea Import Fair 2026" ko‘rgazmasida ishtirok eting
2026-06-23 / Voqealar taqvimi

Mazkur ko‘rgazma Koreyadagi yagona importga ixtisoslashgan yirik platforma bo‘lib, import mahsulotlari bozoridagi so‘nggi trendlarni belgilaydi hamda xalqaro kompaniyalar uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Tadbir Koreya Importchilar Assotsiatsiyasi tomonidan Savdo, sanoat va energetika vazirligi ko‘magida tashkil etiladi. Bu esa uning nufuzi va ishonchliligini yanada oshiradi.
Ko‘rgazma doirasida xorijiy kompaniyalar va Koreya importyorlari o‘rtasida B2B uchrashuvlar tashkil etilib, mahsulotlarni Koreya bozoriga olib kirish va distribyutorlik tarmoqlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Asosiy yo‘nalishlar:
oziq-ovqat va ichimlik mahsulotlari;
yangi va qayta ishlangan mahsulotlar;
qadoqlash va logistika yechimlari;
iste’mol tovarlari va import mahsulotlari;
innovatsion va texnologik mahsulotlar.
Ushbu ko‘rgazma O‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar va eksportchilar uchun:
Koreya importyorlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borish;
mahsulotlarni Osiyo chakana savdo tarmoqlari va distribyutorlariga taqdim etish;
yangi eksport shartnomalari tuzish va savdo hajmini oshirish;
oziq-ovqat sanoatidagi so‘nggi global trendlar va talablarni o‘rganish;
milliy brendlarni xalqaro bozorda tanitish kabi strategik imkoniyatlar yaratadi.
Joylar soni cheklanganligini eslatib o'tamiz!
Ro'yxatdan o'tish uchun havola: Ro'yxatdan o'rish
Murojaat, savol va takliflar uchun: +998712027778 (1590)
Mas'ul xodim: Murodjonova Nargiza
