Hududlarda mevali bog'lar va ekinlar zararkunandalariga qarshi “Dolzarb o‘ttiz kunlik” tadbirlari boshlandi
2026-06-08 15:05:00 / Yangiliklar

"Dolzarb o‘ttiz kunlik" doirasida:
sharq mevaxo‘ri va qovun pashshasiga qarshi kurashish;
zarpechak va sudraluvchi kakra begona o‘tlarining tarqalishini bartaraf etish;
bog‘ va poliz maydonlarida fitosanitar monitoringlarni kuchaytirish;
fermerlar va tomorqa egalari uchun ko‘rgazmali seminarlar tashkil etish;
eksportbop mahsulotlarning fitosanitar talablar asosida nazoratini ta’minlash borasidagi chora-tadbirlar kuchaytiriladi.
Hududiy tashkilotlar, mahalliy hokimliklar hamda mas’ul muassasalar bilan hamkorlikda zararli organizmlarga qarshi kurashish bo‘yicha kompleks tadbirlar tashkil etilib, fitosanitar xavfsizlikni ta’minlash va eksport qilinayotgan mahsulotlar sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.
